Jahon chempionati vaqtida jurnalist vafot etdi

Sport

image

Qatarlik fotograf Xolid al-Misslom mamlakatda bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionatini yoritish chog‘ida vafot etgan ikkinchi jurnalistga aylandi. Fotojurnalistning o‘limi haqida Qatarning "Gulf Times" gazetasi xabar berdi.

Xolid al-Mislom "Al Kass" telekanalining fotomuxbiri edi. Uning o‘limi sabablari haqida ma’lumot berilmagan.

9 dekabr kuni Lusail shahridagi "Milliy" stadionda bo‘lib o‘tgan Argentina va Niderlandiya terma jamoalari o‘rtasidagi Jahon chempionati chorak final uchrashuvida (2:2, penaltilar bo‘yicha 4:3) amerikalik sport jurnalisti Grant Uol vafot etgandi. Ijtimoiy tarmoqda jurnalistning ukasi Grantning kutilmaganda hushidan ketgani, feldsherlar tomonidan amalga oshirilgan yurak-o‘pka muolajalari yordam bermaganini aytgandi. Futbol sharhlovchisi 10 dekabr kuni ertalab mahalliy shifoxonada vafot etdi.

Ma’lumot uchun, futbol bo‘yicha Jahon chempionati ilk bor Qatarda o‘tkazilmoqda va musobaqa 18 dekabr kuni yakunlanadi. Turnirning yarim finalida Argentina va Xorvatiya, Fransiya va Marokash terma jamoalari to‘qnash keladi. Uchrashuvlar mos ravishda 13 va 14 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Yakuniy uchrashuv 18 dekabr kuni Lusail shahridagi "Milliy" stadionda o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

Qatar2022 JCH2022

Baholaganlar

199

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing