Jahon banki O‘zbekistondagi bog‘chalarga 74 million AQSH dollar mablag‘ ajratadi

Jamiyat

image

Joriy yilning 19 noyabr kuni Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin va vazirlikning mutasaddi rahbarlari Jahon Banki Global Ta’lim amaliyoti bo‘yicha bosh menejeri janob Xarri Patrinos boshchiligidagi delegatsiyani qabul kildi.

Mazkur uchrashuvning asosiy mavzusi Maktabgacha ta’lim vazirligi hamda Jahon Banki o‘rtasidagi hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan “Bolalarning erta yoshdan rivojlanishiga ko‘maklashish” loyihasini boshlashga tayyorgarlik masalalari bo‘lgan.

Shuningdek, suhbat davomida ta’lim sifatini oshirish va baholash bo‘yicha ikki vosita (MELYe va MODYeL) uslublari haqida fikr almashildi.

Loyihaning sifatli ta’lim muhitini yaxshilash va uning ommabopligini ta’minlash borasida tegishli mebel va uskunalar, o‘quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlanadi. Loyiha doirasida olis va borish qiyin bo‘lgan chekka hududlardagi bolalarning maktabgacha ta’lim olish imkonini beruvchi muqobil modellari sinovdan o‘tkaziladi.

Xususiy sektor bilan sherikchilik asosida yondashuv kelgusida MTMlarni moliyalashtirishda erishilgan natijalarga bog‘liq bo‘ladi.

Loyihani moliyalashtirish Jahon Banki tomonidan jami 73,85 mln AQSH dollari miqdoridagi grant va kredit mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Ushbu mablag‘ning asosiy qismi maktabgacha ta’limni rivojlantirish uchun maktabgacha ta’lim sifatini oshirish, sifatli ta’lim muhitini yaxshilash va uning ommabopligini ta’minlash, xususiy sektor bilan sherikchilik, ta’lim sifatini o‘lchash tizimini tashkil etish komponentlarni tatbiq etish uchun yo‘naltiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi Jahon Banki bilan hamkorlikdagi mazkur loyihani 2020-2024 yillar oralig‘ida amalga oshirishi ko‘zda tutilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Maktabgacha ta'lim vazirligi

Baholaganlar

29

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing