Maktabgacha ta’lim vaziriga ikki yangi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Maktabgacha ta’lim vazirining ikki o‘rinbosari lavozimidan ozod etilib, ularning o‘rniga yangi “zam”lar tayinlandi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, Qahramon Olimov vazirning birinchi o‘rinbosari boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga Vazirlar Mahkamasida ishlab kelgan Bahodirjon Onorboyev tayinlandi.

Shuningdek, Maqsudjan Yo‘ldoshev vazir o‘rinbosari boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi. Vazirning yangi o‘rinbosari lavozimiga oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelgan Uzoqboy Begimqulov tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 24 may kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hududlarda maktabgacha ta’lim muassasalari qamrovini kengaytirish masalalari muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda Maktabgacha ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgandi. Qolgan o‘rinbosarlarning esa darajasi pasaytirilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov Maktabgacha ta'lim vazirligi

Baholaganlar

124

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing