9 oyda 6,6 mlrd so‘m noqonuniy o‘zlashtirilgan – MTV
Jamiyat
−
15 Oktabr 2021 6328 1 daqiqa
Joriy yilning 9 oyi davomida Maktabgacha vazirlik tizimida 6,6 mlrd so‘mlik ish haqi va tovarlar noqonuniy o‘zlashtirilgan. Ishlamaydigan xodimlar nomiga yozilgan ish haqilari 2,4 mlrd so‘mni tashkil etgan. Bu haqda AOKAda Maktabgacha ta’lim vazirligi mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
MTV tizimda ichki audit xizmati tomonidan 2021 yilning 9 oyi davomida tizimdagi tashkilotlarda jami 282 ta nazorat tadbiri o‘tkazilgan.
Natijada davlat xaridi bo‘yicha qonunchilik talablariga rioya qilinmasdan amalga oshirilgan xaridlar 10,5 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar hamda tovar moddiy boyliklaridan 6,6 mlrd so‘m kamomad va noqonuniy o‘zlashtirish holatlari aniqlandi. Shundan ishlamaydigan xodimlar nomiga yozilgan ish haqilari — 2,4 mlrd so‘mni tashkil etadi.
Tizimda 5,5 mlrd so‘mlik mablag‘ va tovarlarning talon-taroj bo‘lishining oldi olingan.
9 oyda to‘plangan jami 265 ta hujjat huquqni muhofaza qiluvchi organlarga qonuniy qaror qabul qilish uchun yuborilgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025