“Bog‘cha opa”larning bolalar va ota-onalardan sovg‘a olishi taqiqlandi

Jamiyat

image
O‘zbekistonda pandemiya davrida Yangi yilni qanday nishonlash bo‘yicha qat’iy tartib belgilandi north_east

O‘zbekistonda pandemiya davrida Yangi yilni qanday nishonlash bo‘yicha qat’iy tartib belgilandi

O‘zbekistondagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari tarbiyalanuvchilar yoki ularning ota-onalaridan Yangi yil bayrami munosabati bilan sovg‘a olishi taqiqlandi. Bu va boshqa qator masalalar O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin boshchiligidagi Hay’at yig‘ilishida ko‘rib chiqilgan. Yig‘ilishda Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari boshliqlari ishtirok etgan. 

Vazirlik Matbuot xizmatining yozishicha, Hay’at yig‘ilishida o‘tgan yil yakunlari sarhisob qilingan. Shuningdek, mintaqalar sharoitida maktabgacha ta’lim sohasidagi dolzarb muammolar va vazifalar ko‘rib chiqilgan.  

Yig‘ilishda koronavirus infeksiyasining dunyoda tarqalishi bilan bog‘liq hozirgi vaziyatni hisobga olgan holda maktabgacha yoshdagi bolalar xavfsizligi va sog‘lig‘ini saqlash masalasida ham so‘z borgan. Barcha boshqarma rahbarlarining e’tibori yana bir bor respublikada karantin choralari yumshatilgani, ammo to‘liq bekor qilinmaganiga qaratilgan. 

Yig‘ilishda Yangi yil bayrami arafasidagi asosiy uch taqiq bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan. Bular: 

•    MTT guruhlarida ota-onalar ishtirokida Yangi yil bayrami tadbirlarini o‘tkazish;

•    MTT tarbiyachilarining sovg‘a olishi;

•    jamoviy Yangi yil tadbirlarini tashkil etish. 

Yig‘ilish davomida barcha hududiy boshqarmalar joriy yil yakunlari bo‘yicha faoliyat natijalari va 2021 yil rejalari haqida ma’lumot berganlar. 

Eslatib o‘tamiz, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Yangi yil bayramini jamoalarda va bir uyda istiqomat qilmaydigan qarindoshlar davrasida, shuningdek uyga mehmon taklif qilgan holatda nishonlashni tavsiya qilmayapti. JSST tavsiyada bayrami oila davrasida yoki ochiq maydonda katta bo‘lmagan davralarda nishonlash o‘rin olgan. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi esa jamoaviy "korporativ"lar o‘tkazganlar jazolanishini eslatmoqda


Maqola muallifi

Teglar

Maktabgacha ta'lim vazirligi

Baholaganlar

120

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing