Jahon banki “Tolibon”ni qizlar ta’limi to‘g‘risidagi qarori uchun jazoladi

Olam

image

Jahon banki (JB) Afg‘onistondagi 600 million dollarlik loyihalarni to‘xtatdi. Bank Afg‘onistondagi muvaqqat hukumatning qizlarning o‘rta maktab va litseylarda ta’lim olishini cheklash haqidagi qaroriga shunday javob qaytargan.

“Bank Afg‘onistondagi 600 million dollarlik to‘rtta loyihani to‘xtatmoqda. Gap ta’lim, sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligiga oid loyihalar haqida bormoqda”, deyiladi Jahon banki bayonotida.

“Tolibon” muvaqqat hukumati Ta’lim vazirligi joriy yilning 23 mart kuni boshlang‘ich maktab qizlar uchun ochilishini e’lon qilgandi. Biroq o‘rta  va yuqori sinfda tahsil oluvchi qizlar uchun ijobiy qaror qabul qilinmadi.

Idora, shuningdek, “mamlakatning madaniy va diniy an’analariga mos keladigan” maktab formasini ishlab chiqish rejalarini ham e’lon qilgan.

Buyuk Britaniya, AQSH va Yevropa Ittifoqi “Tolibon” harakati tomonidan tuzilgan Afg‘oniston hukumatining o‘rta va katta sinf o‘quvchi qizlarining maktabga borishini taqiqlash qarorini qoralagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Tolibon

Baholaganlar

364

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing