Jahon Banki Orol dengizi uchun 19 mln dollar ajratdi
Olam
−
25 iyun 2021
4854Jahon banki tomonidan Orol dengizi havzasida iqlim o‘zgarishiga moslashish dasturini amalga oshirish uchun 19 million dollar miqdorida mablag‘ ajratildi. Bu haqda “Krasnaya Vesna” nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, loyiha Tojikiston va O‘zbekistonda 200 mingga yaqin odamni qamrab olgan holda, yangi iqlimga chidamli ekinlarni ekish ishlarini joriy etish, buzilgan yerlar, suv resurslarini samarali boshqarish va tiklash bo‘yicha ishlarni olib boradi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Orol dengizining qurigan tubiga ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli tadbirlarni amalga oshirmoqda. 2018–2019 yil kuz-qish mavsumida 500 ming gektar maydonga muhofaza o‘rmonzorlarini yaratish uchun daraxt o‘tqazilgan. O‘tgan yillar davomida 400 ming gektar maydonga saksovul ekilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Orol dengiziga oid farmonni imzolagandi. Unga ko‘ra, Turkmanistonda Orol dengizi bo‘yicha 2021-2025 yillar uchun milliy dastur ishlab chiqiladi.
Yulduz Abdurashidova
LiveBarchasi