Jeenbekovning ukasi hibsga olindi
Olam
−
01 iyun 2021
13158Qirg‘iziston parlamentining sobiq spikeri va mamlakatning sobiq Prezidenti Sooronboy Jeenbekovning ukasi Asilbek Jeenbekov ikki oyga hibsga olindi. Bu haqda Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi matbuot xizmatiga tayanib xabar berilgan.
Asilbek Jeenbekov va parlament vitse-spikeri Torobay Zulpukarov “Qumtor” yirik oltin konini o‘zlashtirishda korrupsiya sodir etgani uchun jinoiy javobgarlikka tortilmoqda.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 1992 yildan 2019 yilgacha vakolatli davlat organlarining ayrim mansabdor shaxslari va “Qirg‘izoltin” kompaniyasi rahbariyati shaxsiy manfaat olish maqsadida konni rivojlantirish bo‘yicha mamlakat uchun foydasi bo‘lmagan shartnomalar tuzishgan.
Avvalroq, Qirg‘izistonning sobiq Bosh vaziri Omurbek Babanov Qirg‘izistonning “Qumtor” oltin konini o‘zlashtirish loyihasini amalga oshirishning turli bosqichlaridagi korrupsion holatlar bo‘yicha gumon qilinib hibsga olingani haqida xabar bergandik.
Eslatib o‘tamiz, Sooronboy Jeenbekov va Asilbek Jeenbekov jamoatchilik faoli Melis Aspekovni sudga bergandi. Bunga u aka-uka Jeenbekovlarni amaldagi Prezident Sadir Japarovning saylovoldi kampaniyasini moliyalashtirishda ayblagani sabab bo‘lgandi.