Japarov Jeenbekovga taklifnoma yubordi

Olam

image

Qirg‘izistonning sobiq Prezidenti Sooronbay Jeenbekov mamlakatning yangi rahbari Sadir Japarovning inauguratsiya marosimiga taklif qilindi. Bu haqda Japarovning Matbuot kotibi Galina Bayterek ma’lum qilgan. 

Saylangan Prezident vakilining ta’kidlashicha, tantanali marosim 28 yanvar kuni Toktogul Satilganov nomidagi Milliy filarmoniyaning katta zalida bo‘lib o‘tadi.

Qayd etilishicha, inauguratsiya marosimiga Qirg‘izistonni 2010-2011 yillarda boshqargan Roza Otunbayeva va prezidentlikka sobiq nomzodlar ham taklif qilingan.

Ma’lumot o‘rnida, Sooronbay Jeenbekov Qirg‘izistonni 2017-2020 yillarda boshqargan. O‘tgan yilning kuzida sodir bo‘lgan voqealar sabab Jeenbekov o‘z ixtiyori bilan iste’fo bergan edi

Gap shundaki, 2020 yilning 4 oktyabr kuni mamlakatda navbatdagi parlament saylovlari o‘tkazilgandi. Ammo odamlar uning natijasidan norozi bo‘lib, namoyish uyushtirdi. Natijada mamlakatda tartibsizlik va talonchilik avj oldi.

Taloto‘plar vaqtida qamoqdan chiqarilgan Sadir Japarov Bosh vazir etib tayinlandi va keyinroq Prezident vakolatlarini bajarish ham vaqtincha unga o‘tdi. Biroq u prezidentlik saylovlarida qatnashish uchun barcha lavozimlarni tark etdi.

Shundan so‘ng, joriy yilning 10 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida bir necha oy avval qamoqdan chiqqan Sadir Japarov 79,84 foiz bilan g‘alaba qozondi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston inauguratsiya Sadir Jeenbekov

Baholaganlar

982

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing