Qirg‘iziston maxsus xizmati Jeenbekovni so‘roq qilayotgani ma’lum bo‘ldi

Olam

image

Qirg‘izistonning sobiq Prezidenti Sooronbay Jeenbekov Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasida so‘roq qilinmoqda. Bu haqda “Sputnik Kirgizstan” xabar bergan. 

Qayd etilishicha, Jeenbekov “Qumtor” oltin koni ishi bo‘yicha so‘roqqa chaqirilgan. Sobiq Prezident vakillarining so‘zlariga ko‘ra, u joriy yilning 12 avgust kuni Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining Bosh tergov boshqarmasidan so‘roqqa chaqiruv qog‘ozini olgan. 

“Sooronbay Jeenbekov bugun, 18 sentyabr kuni tergov organlarining savollariga javob beradi. Ta’kidlash joizki, u Bosh vazir va Prezident bo‘lgan paytda “Qumtor” koni bo‘yicha hech qanday qaror qabul qilmagan, shuningdek Kanada tomoni bilan hech qanday shartnoma imzolamagan”, degan ular.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 2 avgust kuni 16 yil mobaynida Rossiyada yashab kelgan Asqar Akayev vatani Qirg‘izistonga qaytarildi. Dastlab, sobiq Prezident “Qumtor” oltin koni bo‘yicha Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi tomonidan so‘roq qilindi. So‘ngra, u davlat rahbari Sadir Japarov bilan uchrashdi. Uchrashuvdan so‘ng, Asqar Akayev matbuot anjumanida Qirg‘iziston Prezidentiga “hamma narsani aytib berish” imkoniyati uchun minnatdorlik bildirgan. 8 avgust kuni esa Akayev mamlakatni tark etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Jeenbekov Qumtor

Baholaganlar

243

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing