Akayev Qirg‘izistonga nima uchun qaytganini aytdi

Olam

image
Rossiya Akayevni Qirg‘izistonga qaytardi. U tergov qilinmoqda north_east

Rossiya Akayevni Qirg‘izistonga qaytardi. U tergov qilinmoqda

Qirg‘izistonning birinchi Prezidenti — Rossiyadan Bishkekka “Qumtor” oltin konidagi korrupsiya ishi bo‘yicha so‘roq qilinish uchun kelgan Asqar Akayev tergov jarayoni haqida birinchi bayonotini berdi. Bu haqda u Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi binosida so‘roq qilinganidan so‘ng gapirgan.  

“Men “Qumtor”ni qanday qilib qurganimiz, “Qumtor”ni nima uchun qurganimiz, qanday xatolarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lishi mumkin — bir so‘z bilan aytganda hamma narsa haqida ochiq va samimiy aytish uchun keldim. Tergov davom etadi, men bugun keldim, endi ish bilan tanishdim”, degan Akayev jurnalistlarga. 

Ta’kidlanishicha, u Qirg‘izistonga bir haftaga uchib kelganini qo‘shimcha qilgan. Qirg‘izistonning sobiq Prezidenti, shuningdek, yangi davlat rahbari Sadir Japarov bilan uchrashgani haqida gapirgan. 

“Men Japarov bilan qarorgohda uchrashdim. Hamma narsani aytib berishim uchun menga yo‘l ochganiga minnatdorlik bildirdim”, degan Akayev. 

Avvalroq, Qirg‘izistonning birinchi Prezidenti Asqar Akayev Bishkekka kelgani hamda Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi binosida ushlab turilgani haqida xabar bergandik. 

Ma’lumot o‘rnida, Asqar Akayev Qirg‘izistonni 1991 yildan 2005 yilgacha boshqargan, u davlat to‘ntarishi natijasida lavozimidan chetlatilgan. U 2005 yildan beri Rossiyada bo‘lib, ilmiy faoliyat bilan shug‘ullangan. 2021 yilning iyul oyida Akayev xalqaro qidiruvga berilgan. Qirg‘izistonning sobiq Bosh vaziri Feliks Kulovning aytishicha, sobiq prezidentning o‘zi ixtiyoriy ravishda Bishkekka kelib, “Qumtor”ga qarshi jinoiy ish doirasida guvohlik bergan.


Maqola muallifi

Teglar

Akaev Qumtor

Baholaganlar

670

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing