Rossiya Akayevni Qirg‘izistonga qaytardi. U tergov qilinmoqda
Olam
−
02 avgust 2021
12780Bugun, 2 avgust kuni Qirg‘izistonning birinchi Prezidenti Asqar Akayev Bishkekka olib borildi va hozirda Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi binosida ushlab turilibdi. Bu haqda Qo‘mita Matbuot xizmati xabar berdi.
“Uning ishtirokida “Qumtor” koni bo‘yicha jinoyat ishi doirasida zarur tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyilgan Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xabarida.
Ma’lumot o‘rnida, Akayev bir qator yuqori martabali amaldorlar singari, “Qumtor” loyihasi doirasida korrupsiya ishi bo‘yicha qidiruvga berilgan.
“Akayev, boshqa sobiq yuqori martabali amaldorlar qatorida, 1992 yilda “Qumtor” loyihasi bo‘yicha Bosh kelishuvni tuzishda, 1994 yilda unga o‘zgartirishlar kiritishda, shuningdek, 2003 yilda Cameco kompaniyasi bilan tuzilgan Bosh shartnomani qayta tuzishda korrupsiya uchun javobgarlikka tortilgan”, deya xabar bergan Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi.
Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi tergov Asqar Akayev prezidentligi davrida “Qumtor” loyihasini amalga oshirishda korrupsiyaga aloqador bo‘lgan barcha aybdor shaxslarga huquqiy baho berganini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, Qirg‘izistonning birinchi va ikkinchi Prezidentlari — Asqar Akayev va Qurmanbek Bakiyev mamlakatdagi eng yirik oltin koni — “Qumtor” ishi bo‘yicha xalqaro qidiruvga berilgandi. Asqar Akayev shu kungacha Rossiyada yashab kelayotgandi.
LiveBarchasi