Jeenbekovning iste’foga chiqishida bosim bo‘lganmi?

Olam

image

2017 yildan joriy yilning 16 oktyabrigacha Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti lavozimida ishlagan Sooronbay Jeenbekovni taxtdan ketishga kim majbur qildi? Unga bosimlar bo‘ldimi? Ushbu savollarga mamlakatning yangi Bosh vaziri – vaqtincha Prezident vazifasini bajaruvchi Sadir Japarov “Al Jazeera” telekanaliga bergan intevryusida javob berdi. 

Sadir Japarovning aytishicha, lavozimini tark etgan sobiq davlat rahbari Sooronbay Jeyenbekovni hech kim qo‘rqitmagan, tazyiq o‘tkazilmagan. 

"Men hokimiyatga qo‘rqitish va tahdid qilish orqali kelganman, deyish noto‘g‘ri. Agar biz qo‘rqitib va tahdid qilgan bo‘lsak, qochib ketgan Prezident Jeenbekov qaytib kelmasdi. Biz uni chaqirdik, keling, hamma narsani huquqiy sohada hal qilaylik, lekin hukmronlikni davom ettirishga ma’naviy haqqingiz yo‘q.  Keling davlat korxonalari ishlamay qolmasligi uchun, iqtisodiyot yomonlashmasligi uchun qonuniy yo‘l bilan boraylik, deb aytdik. Hammasi muzokaralar yo‘li bilan tugadi. Hech kim qo‘llarini, oyoqlarini qayirgani yo‘q. U buni o‘zi ko‘rdi”, deydi Sadir Japarov. 

Ta’kidlanishicha, namoyishlarda odamlar Jeenbekovning iste’fosini talab qilgan. Siyosiy inqirozning o‘zi Prezidentning iste’fo berishiga olib kelgan. 

"Birinchidan, ular bo‘lib o‘tgan saylovlardan norozi edi. Ikkinchidan, Prezidentning iste’fosini talab qilishdi. Hammasi qonun doirasida edi. Hech kim hech kimning qo‘lini qayirmadi. Agar bu noto‘g‘ri bo‘lganda, agar ular qochib ketib, qaytib kelishmaganda edi biz huquqiy sohaga qaytish uchun bir yil vaqt sarflagan bo‘lar edik. Iqtisodiy muammolar bo‘lar edi, qiyinchiliklar bo‘lar edi. Hammasi tugadi. Biz bu 2005 yoki 2010 yildagidek bo‘lmasligiga harakat qilyapmiz”, deydi Japarov. 

Ma’lumot o‘rnida, Sadir Japarov joriy yilning 14 oktyabr kuni parlament tomonidan Bosh vazir lavozimiga tasdiqlandi. 2017 yildan Prezident lavozimida ishlab kelayotgan Sooronbay Jeenbekov iste’foga chiqishi ortidan, Sadir Japarov vaqtincha Prezident vakolatlarini gardaniga oldi


 


Maqola muallifi

Teglar

Sooronbay Jeenbekov Sadir Japarov

Baholaganlar

243

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing