Jeenbekov Mirziyoyevga qo‘ng‘iroq qildi

Olam

image

Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan qutladi.

Bugun, 24 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov telefon orqali muloqot qildilar.

Sooronbay Jeenbekov Qirg‘iziston xalqi va shaxsan o‘z nomidan Shavkat Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan samimiy qutlab, mustahkam sog‘lik, farovonlik va muvaffaqiyat tiladi.

Davlat rahbarlari O‘zbekiston-Qirg‘iziston strategik sheriklik munosabatlari izchil mustahkamlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Turli darajalardagi aloqalar faollashgani, tovar ayirboshlash ortayotgani, gumanitar almashinuvlar jadallashgani alohida ta’kidlandi.

Ikki mamlakat va xalq o‘rtasidagi do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash maqsadida birgalikdagi sa’y-harakatlarni, jumladan, hukumatlararo komissiyalar doirasida davom ettirishga kelishib olindi.

Avvalroq, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoyevni tabriklagani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev tabrik Sooronbay Jeenbekov

Baholaganlar

18

Reyting

3.4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing