Jeenbekov ishni pishiq qilib ketdi

Olam

image
O‘xshash taqdirlar: Qirg‘iziston Prezidentlari lavozimidan qanday ketgan? north_east

O‘xshash taqdirlar: Qirg‘iziston Prezidentlari lavozimidan qanday ketgan?

Sooronbay Jeenbekov endi nima ish qilishi ma’lum bo‘ldi north_east

Sooronbay Jeenbekov endi nima ish qilishi ma’lum bo‘ldi

Yangi Hukumat bilan kelishuv asosida iste’foga chiqqan Sooronbay Jeenbekovga sobiq Prezident maqomi va bir qator imtiyozlar beriladi. U mamlakat tarixida ishni bu qadar pishiq qilib ketayotgan Prezident bo‘lmoqda.

Mamlakat Bosh vaziri – Prezident vazifasini vaqtincha bajaruvchi Sadir Japarov Sooronbay Jeenbekovning maqomi to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. 

"Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti faoliyatining kafolatlari va Qirg‘iziston Respublikasining sobiq Prezidenti maqomi to‘g‘risida"gi qonunga muvofiq, Qirg‘iziston Respublikasining sobiq Prezidenti Sooronbay Jeenbekov qonunda nazarda tutilgan barcha huquqlarni o‘zida saqlab qoladi.

Farmon imzolangan paytdan boshlab kuchga kiradi. Xususan, Jeenbekov umrbod davlat muhofazasiga, 1-sonli "Ala-Archa" davlat qarorgohi hududida yashash huquqiga, xizmat avtomashinasiga va maxsus klinikada bepul tibbiy yordam olishga ega bo‘ladi. Sobiq prezidentning maqomiga ko‘ra, uni sudga jalb qilish mumkin emas. Buni faqat parlament qarori bilan bekor qilish mumkin. 

Ma’lumot o‘rnida, bugungacha Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti lavozimida faoliyat yuritgan barcha sobiq rahbarlar – Asqar Akayev, Qurmanbek Bakiyev, Almazbek Atamboyev sobiq Prezident maqomi va daxlsizlikdan mahrum qilingan. 

Sooronbay Jeenbekov Qirg‘izistonni uch yil davomida boshqardi. U 2017 yil 15 oktyabrda Almazbek Atamboyev va uning Sotsial-demokratik partiyasi ko‘magida saylangan. 2020 yil 5 oktyabrda Qirg‘iziston poytaxtida parlament saylovlari natijalariga qarshi miting boshlandi. Dastlabki natijalarga ko‘ra, ko‘pchilik o‘rinlarni Hukumatga yaqin “Birimdik” (Birlik) va “Mekenim Qirg‘iziston” (Vatanim Qirg‘iziston) partiyalari egallagandi. Norozilik harakati politsiya xodimlari bilan to‘qnashuvlarga aylanib ketdi, davlat muassasalari egallab olindi va nomi qoralangan bir qator siyosatchilar, jumladan Almazbek Atamboyev ozod qilindi. 6 oktyabr kuni MSK saylov natijalarini bekor qildi. Muxolifat bosimi ostida 15 oktyabr kuni Sooronbay Jeenbekov iste’foga chiqishini e’lon qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, saylov natijalari bekor qilingani va Hukumat iste’foga chiqarilganiga qaramay, mamlakatda vaziyat murakkaligicha qolgan. Jeenbekov Qirg‘iziston tarixida qon to‘kkan va o‘z fuqarolariga o‘q uzgan Prezident sifatida qolishni istamaganini aytib o‘tdi. U muxolifat yetakchilaridan bo‘lgan yangi Bosh vazir Sadir Japarovni Bishkekda vaziyatni normallashtirish uchun choralar ko‘rishga chaqirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Sooronbay Jeenbekov Qirg'izistondagi vaziyat

Baholaganlar

1261

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing