“O‘zeltexsanoat” uyushmasiga rais tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan “O‘zeltexsanoat” uyushmasiga rais, uning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida xabar berildi.

Alisher Abduhoshimovich Abdullayev “O‘zeltexsanoat” uyushmasining raisi etib;

Mansur Rustamovich Xashimov Uyushma raisining birinchi o‘rinbosari etib;

Umid Shavkat o‘g‘li Islam va Johongir Jalilovich Jamolov Uyushma raisining o‘rinbosarlari etib tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, Uyushmaning asosiy vazifasi xom ashyoni qayta ishlash, yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarish va eksport qilish bo‘yicha yagona kompleks sifatida, shu jumladan sanoat kooperatsiyasini kengaytirish va qo‘llab-quvvatlash asosida sanoatni barqaror rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zeltexsanoat tayinlandi

Baholaganlar

12

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing