Moliya vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

Umid Qutbiddinovich Obidxo‘jayev Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.

Ma’lumot uchun, Umid Obidxo‘jayev 1987 yilda Namangan shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, Yaponiyaning Keio universitetida tahsil olgan. Mehnat faoliyati davomida u Asian Development Bank Institute, Center for Esonomis Research and Reforms tashkilotlarida turli vazifalarda faoliyat yuritgan. 2019 yilda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Infratuzilma loyihalarini tahlil qilish guruhi rahbari vazifasini vaqtincha bajargan. U tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlandi Moliya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing