Moliya vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
13 iyul 2021
12688Gulnora Xoshimovna Rahimova O‘zbekiston Moliya vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu ma’lumotni Moliya vazirligi Matbuot kotibi QALAMPIR.UZ'ga tasdiqladi.
Ma’lum qilinishicha, u tayinlovga qadar, 2020 yil 2 oktyabrdan boshlab Moliya vazirligi G‘aznachilik boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari — Davlat xaridlari departamenti direktori lavozimida ishlagan.
Ma’lumot o‘rnida, Gulnora Rahimova 1975 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U 1996 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tugatgan. Mehnat faoliyatini Milliy universitet o‘quv bo‘limi mutaxassisi, Iqtisodiyot fakulteti menejment kafedrasi katta o‘qituvchisi sifatida boshlagan (1995-2002). 2011-2014–yillarda Milliy universitetda katta ilmiy xodim, 2014-2017–yillarda Moliya vazirligi huzuridagi byudjet tashkilotlari va moliya organlari xodimlarini tayyorlash hamda qayta tayyorlash bo‘yicha o‘quv markazining “Davlat byudjetining G‘aznachilik ijrosi” kafedrasida katta o‘qituvchi, so‘ngra 2017-2019–yillarda ushbu bo‘lim boshlig‘i sifatida ishlagan.
LiveBarchasi