Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasiga rais tayinlandi
Jamiyat
−
21 iyun
4149Halilillo Sobirjonovich To‘raxo‘jayev O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi lavozimiga saylandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining 53-yalpi majlisida qaror qabul qilindi.
Halilillo Sobirjonovich To‘raxo‘jayev 1972 yil 21 yanvarda Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, huquqshunos, 1-darajali adliya maslahatchisi.
U 1997 yil Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1991 yilda Toshkent shahar Yashnobod tumani sudining kureri lavozimida ishlashdan boshlagan. 1992-2008 yillarda sud tizimida turli lavozimlarda mehnat qilgan.
Shuningdek, u faoliyati davomida quyidagi lavozimlarda ishlagan:
- 2008-2014 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat maslahatchisi xizmatining adliya va sud idoralari faoliyati masalalari bo‘yicha yetakchi inspektori;
- 2014-2017 yillarda Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi raisi;
- 2017 yil 12 aprelidan 12 dekabriga qadar – Prezidentning Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati davlat maslahatchisi o‘rinbosari;
- 2017 yildan 2020 yilgacha – Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi direktori ;
- 2020 yil iyundan 2021 yil yanvarigacha – Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining raisi;
- 2021 yil fevralida – Oliy sud raisining o‘rinbosari, Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi;
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshov lavozimga qayta tayinlangani haqda ma’lum qilingandi.
LiveBarchasi