Zelenskiyning o‘zbekistonlik “egizagi”ga Ukraina Prezidentining o‘rni taklif qilindi

Olam

image

Avvalroq, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning o‘zbekistonlik “egizagi” Umid Isaboyevga Rossiyada serialda suratga tushish taklifi bildirilgani haqida xabar bergan edik.

Moskva metrosidagi surat ortidan mashhurlikka erishgan Umid Isaboyevga Ukrainadan ham taklif tushdi. Unga Ukraina Prezidentligiga saylangan Vladimir Zelenskiyning “Kvartal-95” shousidagi o‘rnini taklif qilishdi.

Zelenskiyning sobiq hamkori Yevgeniy Koshevoy Umid Isaboyevga taklif bilan chiqqan. Bu haqda Isaboyevning o‘zi ma’lum qildi.

Koshevoyning o‘zi unga telefon orqali bog‘lanib, “Kvartal-95”da birgalikda boshlovchilik qilish taklifini bildirgan. Zelenskiyning “egizagi” nima qilishga bilmay boshi qotganini aytdi. Rossiyada unga serialdagi bosh rol berilishi mumkin. Umidning o‘zi teleshou doirasidagi rollar eplay olishiga ishonchi komil.

Shuningdek, Umid Zelenskiy Ukrinaga tinchlik olib kelishiga ishonyapti. Bu birdaniga bo‘lmasada, ammo ertami-kech amalga oshadi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Zelenskiy Umid Isaboev

Baholaganlar

335

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing