Zelenskiy yangi sanksiyalarini e’lon qildi. Ro‘yxatda Markaziy Osiyodagi kompaniya ham bor

Olam

image

Bugun, 27 may kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya va Belarusning transport, aloqa va sanoat sohalari bilan bog‘liq bo‘lgan 51 jismoniy va 220 yuridik shaxsiga nisbatan sanksiyalar kiritdi. Tegishli farmon Ukraina Prezidentining rasmiy saytida e’lon qilindi.

Rossiya va Belarusning turli sohalardagi korxonalari va kompaniyalari sanksiyalar ostida qolgan. Shuningdek, 51 nafar Rossiya fuqarosiga nisbatan shaxsiy jazo choralari qo‘llanilgan.

Quyida Ukraina sanksiyalari qo‘llanilgan kompaniyalar va tashkilotlar ro‘yxatini ko‘rishingiz mumkin:

Aloqa sanoati:

Mobil teletizimlar (MTS);
“MTS avto” (avtomobillar uchun multimedia tizimlari).

Transport sektori:

“Volga-Dnepr lizing” (Volga-Dnepr havo transporti kompaniyasining sho‘ba korxonasi);
“RJD Logistika” (Rossiya temir yo‘llari sho‘ba korxonasi);
“RJD stroy” (Rossiya temir yo‘llari sho‘ba korxonasi);
“Temir yo‘l savdo kompaniyasi” (Rossiya temir yo‘llari sho‘’ba korxonasi).

Sanoat sohasi: 

Solikamsk tajriba metallurgiya zavodi;
Orsk traktor tirkamalari zavodi;
Novosibirskdagi “Iskra” mexanika zavodi 
F.E.Dzerjinskiy nomidagi mashinasozlik zavodi.;
Chelyabinsk zarb-press zavodi.

Ilmiy va texnologik soha:

M.V.Keldish nomidagi ilmiy-tadqiqot markazi (raketa va koinotni rivojlantirish);
A.I.Berg nomidagi radiotexnika markaziy ilmiy-tadqiqot instituti;
Rossiya Fanlar akademiyasining maxsus konstruktorlik byurosi bilan ilmiy asbobsozlik tajriba zavodi;
Kimyo mahsulotlari davlat ilmiy-tadqiqot instituti;
Biologik asboblar davlat ilmiy-tadqiqot instituti;
“SoyuzpromNIIproyekt” instituti (sanoat uskunalarini loyihalash);
Butunrossiya radiotexnika ilmiy-tadqiqot instituti.

Mudofaa va texnik sohadagi:

“Prominvest” kompaniyasi (“Rostexnologii” kompaniyasining sho‘’ba tuzilmasi);
Voentelecomservic.

Shuningdek, Belarusning bir nechta korxonalari sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan:

Minsk avtomobil zavodi (“BelavtoMAZ” xoldingining boshqaruv kompaniyasi);
S.I.Vavilov nomidagi Minsk mexanika zavodi;
“Monolit” radio komponentlari zavodi;
“Zavod SVT” ishlab chiqarish unitar korxonasi (Minsk, radio o‘lchash uskunalari ishlab chiqarish);
Gomel dizayn byurosi;
Minsk radiomateriallar ilmiy-tadqiqot instituti;
“Svyazinvest” (Minsk, telekommunikatsiya uskunalari ishlab chiqaruvchisi);
Orsha samolyot ta’mirlash zavodi.

Bundan tashqari, Ukraina sanksiyalari ro‘yxatiga Belgiya, Chexiya, Germaniya, Kipr va Qirg‘iziston kompaniyalari kiritilgan. Xususan, Bishkekdagi “Key suppro” aksiyadorlik jamiyati 10 yil muddatga Kiyev cheklovlari ostida qolgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq YeI Rossiyaga ikki maqsadli texnikalarni qayta eksport qilib, unga sanksiyalarni chetlab o‘tishda yordam bergan davlatlarga nisbatan chora ko‘rishi aytilgandi. Shu maqsadda Yevropa Ittifoqining sanksiyalar bo‘yicha vakili Qirg‘iziston va Qozog‘istonga keldi. Bundan tashqari, sanksiyalar bo‘yicha vakil O‘zbekistonda ham bo‘lib, Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya sanktsiya Qirg'iziston Ukraina Belarus' Zelenskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing