Finlyandiya Rossiya çegarasida tanklarga qarşi handaq qazimoqçi
Olam
−
14:54 523 2 daqiqa
Finlyandiya Ukraina misoliga tayanib, şarqiy çegarada tanklarga qarşi ğovlar tizimini örnatiş imkoniyatini körib çiqişga qaror qildi. Bu haqda mamlakat Quruqlikdagi qöşinlari qömondoni general-leytenant Pasi Vyalimyaki “Bloomberg”ga ma’lum qildi.
Uning sözlariga köra, Rossiya Ukrainadagi çözilib ketgan uruşga qaramay, öz harbiy salohiyatini tiklaşni va texnika zaxiralarini töldirişni boşlagan. Finlyandiya uşbu qayta qurollanişning oldini oliş imkoniyatiga ega bölmagani sababli, hokimiyat organlari asosiy e’tiborni jilovlaşga qaratmoqda. Vyalimyakining aytişiça, Rossiya harbiy rahbariyatini har qanday hujum qilişga uriniş muvaffaqiyatsizlikka mahkum ekaniga işontiriş zarur.
“Biz hozirda qilayotgan barça narsalarimiz – xoh umuman alyans (NATO) haqida, xoh xususan Finlyandiya haqida gapirayotgan bölaylik, Rossiya yanada içkariga ilgarilamasligi uçun ana şunday jilovlaş çegarasini yaratişga qaratilgan”, deydi u.
Generalning bildirişiça, Ukraina kuçlari hujum qilayotgan qöşinlarni jilovlaş uçun keng tarmoqli mudofaa çiziqlari va tanklarga qarşi ğovlardan foydalanmoqda. Uning sözlariga köra, tomonlarning heç biri yirik miqyosli manyovrli qöşin operatsiyalarini qayta boşlaş uçun bunday mudofaani yorib ötişning işonçli usulini topa olmagan. Rossiyaning Finlyandiya bilan çegarasi uzunligi 1340 km ni taşkil etadi. Bu NATOning Rossiya bilan butun quruqlikdagi çegarasining taxminan yarmi degani. Finlyandiya hokimiyati şimolning şafqatsiz ob-havo şaroitida bunday istehkomlarni joylaştiriş samaradorligini aniqlaşi kerak böladi.
“Agar biz istehkomlar qurişni hamda Ukrainadagi kabi çuqurlikdagi tanklarga qarşi zovurlar yoki ğovlar qazişni boşlasak, tabiatimizning xususiyatlari ularni sun’iy hovuzlarga aylantirişi uçun qança vaqt ketadi?” deydi Vyalimyaki.
Uning sözlariga köra, Rossiya allaqaçon saqlaş bazalarini zamonaviy T-90 tanklari, piyodalarning jangovar maşinalari va 2S19 “Msta-S” özi yuraradigan gaubitsalari bilan töldirişni boşlagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Finlyandiya Qurolli kuçlari xavfsizlik sohasidagi vaziyatning yomonlaşuvi fonida taxminan 100 million yevro miqdorida bir million dona piyodalarga qarşi mina xarid qilişni rejalaştirayotgani haqida xabar berilgan edi.
Live
BarchasiOzon teshigi rekord darajada kengaydi
06 Noyabr