Mirziyoyev YeIning sanksiyalar bo‘yicha maxsus vakilini qabul qildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Yevropa Ittifoqining sanksiyalar bo‘yicha maxsus vakili Devid O’Sallivan boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Aytilishicha, uchrashuvda O‘zbekiston va YeI o‘rtasidagi, eng avvalo savdo-iqtisodiy sohadagi ko‘p qirrali sheriklikning turli jihatlari ko‘rib chiqilgan. Keyingi yillarda YeIning “GSP+” preferensiyalar tizimi doirasida o‘zaro savdo hajmi, qo‘shma korxonalar va investitsiya loyihalari soni oshib borayotgani ham qayd etilgan. Shuningdek, xalqaro kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

Devid O’Sallivan esa Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvdan so‘ng matbuot anjumani o‘tkazib, o‘z missiyasi vazifalari to‘g‘risida so‘zlab bergan. U G7 davlatlari va AQSH tomonidan Rossiyaga qarshi ishlab chiqilgan sanksiyalarning yagona maqsadi  Moskvaning Ukrainaga qarshi tajovuzkor urush olib borish qobiliyatiga putur yetkazishdan iborat ekanini eslatgan.

“Biz uchinchi davlatlarga, xususan, O‘zbekistonga nisbatan sanksiyalar qo‘llash niyatida emasmiz, shuningdek, O‘zbekistonning rivojlanishiga, uning boshqa davlatlar, jumladan, Rossiya bilan savdo aloqalariga xalaqit berish istagi ham yo‘q”, degan Devid O’Sallivan.

Uning ta’kidlashicha, bir qator mamlakatlarda YeI davlatlarida sanksiya ostiga kiritilgan tovarlar importi ko‘payishi kuzatilmoqda. Shu bois u O‘zbekistonga kelishidan oldin BAA, Turkiya, Qozog‘istonga borgan. O‘zbekistondan so‘ng esa u Gruziya, Armaniston va Serbiyaga borishi kutilmoqda. 

Devid O’Sallivanning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi oylarda Yevroittifoq, xususan, moliyaviy masalalar bo‘yicha Bojxona qo‘mitasi va O‘zbekiston Markaziy banklari bilan samarali axborot almashgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Evropa Ittifoqi Mirziyoev O’Sallivan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing