Zelenskiy va YeI tufayli uchinchi jahon urushi bo‘lishi mumkin – fransiyalik siyosatchi
Olam
−
11 fevral 2023 12469 1 daqiqa
Fransiyaning “Vatanparvarlar” partiyasi yetakchisi va Yevroparlamentning sobiq deputati Florian Filippo Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy va Yevropa Ittifoqi davlatlari rahbarlarining harakatlaridan kelib chiqib, dunyoga Uchinchi jahon urushi tahdid solayotganini aytdi. Bu haqda u Twitter’dagi sahifasida yozib qoldirdi.
“Zelenskiy va Yevropa Ittifoqi shu hafta o‘zlarining mas’uliyatsiz “sirk”larini namoyish etdi, bu esa uchinchi jahon urushiga olib kelishi mumkin”, degan fransuz siyosatchisi.
Shuningdek, u hamma joyda “tinchlik lageri” uyg‘onayotgani va tez orada bu eshitila boshlashini, Zelenskiy esa kutilmagan ogohlantirish olishini yozgan.
Eslatib o‘tamiz, shu haftada Vladimir Zelenskiy Ukrainada urush boshlanganidan beri ikkinchi marta mamlakatni tark etgandi. U 8 fevral kuni Londonga tashrif buyurgan, keyin Parijga uchib, u yerda Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron va Germaniya kansleri Olaf Shols bilan uchrashgandi. 9 fevral kuni esa u Bryusselda Yevropa Ittifoqi sammitida ishtirok etgandi. Barcha tashriflari davomida u Ukrainaga Yevropa Ittifoqi davlatlaridan harbiy yordamni yanada oshirish va qiruvchi samolyotlar yetkazib berishni talab qilgan.
Biroq kecha, 10 fevral kuni Fransiya ham, Germaniya ham Ukrainaga qiruvchi samolyotlar yubormasligini ma’lum qilgandi.
Alibek Beyjanov
Live
Barchasi