Zelenskiy Buyuk Britaniyaga bordi
Olam
−
08 fevral 2023 6552 1 daqiqa
Buyuk Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunak Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyni qabul qildi. Bu haqda Sunak o‘zining Twitter sahifasida ma’lum qildi.
“Prezident Zelenskiy Buyuk Britaniyaga xush kelibsiz”, deb yozgan Sunak Twitter'da.

U sahifasiga Zelenskiy bilan aeroportda tushgan suratini joylagan.
“Sky News”ga ko‘ra, Zelenskiy tashrifi chog‘ida Sunakdan tashqari Britaniya qiroli bilan ham uchrashishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, u muxolifatdagi Leyboristlar partiyasi yetakchisi Sayrus Starmer va jamoatlar palatasi spikeri Lindsi Xoyl, shuningdek, bir qator boshqa britaniyalik siyosatchilar bilan ham uchrashadi.
Live
Barchasi