Germaniya ham Ukrainaga qiruvchi samolyotlar yubormaydi

Olam

image

Germaniya hukumati hozircha Ukrainaga jangovar samolyotlar yetkazib berish masalasini ko‘rib chiqmayapti. Bu haqda bugun, 10 fevral kuni Germaniya Mudofaa vazirligi vakili Arne Kollats ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Ukrainaga qiruvchi samolyotlar yetkazib berish hozirda kun tartibida emas. Yevropa Kengashida ham bu mavzu muhokama qilinmagan. 

Ta’kidlash joizki, Yevropa Ittifoqi sammiti oldidan Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Yevroparlamentda nutq so‘zlab, Ukrainaga ko‘proq qurol yetkazib berishni so‘ragan, Yevroparlament rahbari Roberta Metsola ham Yevropa Ittifoqi davlatlarini Ukrainaga harbiy samolyotlar va uzoq masofali tizimlarni topshirishga chaqirgan edi. Xuddi shunday bayonot bilan Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel ham chiqqan edi. Biroq qurol yetkazib berish bo‘yicha qarorlar Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen aytganidek, Yevropa Ittifoqi darajasida emas, balki jamiyatning alohida davlatlari tomonidan qabul qilinadi. Bu Ukrainaga qurol yuborish masalasini har bir davlat mustaqil hal qilishini anglatadi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Makron ham Ukrainaga qiruvchi samolyotlar yubormasligini aytgan edi.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing