Zelenskiy Ukrainaning NATOga kirishiga alyans ichida kimlar qarshi chiqayotganini aytdi 

Olam

image

Ukrainaning NATOga kirishiga Vengriya, Germaniya, Slovakiya va AQSH qarshilik ko‘rsatmoqda. Bu haqda kecha, 16 yanvar kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer bilan Kiyevda bo‘lib o‘tgan uchrashuv yakunlari bo‘yicha qo‘shma matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Ukraina Prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Kiyev to‘rt davlat rahbariyati bilan NATOga qo‘shilish mavzusida ochiq suhbat o‘tkazgan. Ammo bu davlatlar Ukrainaning NATOga qo‘shilishini xohlamasligini aytgan.

“AQSH, Vengriya, Slovakiya, Germaniya. Ular samimiy edi, lekin aynan ular bizni NATOda ko‘rishni xohlamadi”, degan u.

Zelenskiyga ko‘ra, ro‘yxatda keltirilgan davlatlarning har biri Ukrainani NATO a’zosi sifatida ko‘rmasliklari uchun “o‘z sabablari” bor. Ukraina Prezidenti, shuningdek, Kiyev unga xavfsizlik kafolatlarini berishni talab qilayotganini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 16 yanvar kuni Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer oldindan e’lon qilinmagan tashrif bilan Ukraina poytaxti Kiyevga borgandi.  Starmer va Zelenskiy mudofaa, fan, energetika va savdo kabi sohalarni qamrab oluvchi “100 yillik sheriklik” shartnomasini imzoladi. Kelishuv tomonlarni mudofaa sohasida va texnologik loyihalarda, jumladan, dronlar bo‘yicha hamkorlik qilishini nazarda tutadi. Shuningdek, shartnoma Ukraina doni yetkazib berilishini kuzatishga yordam beruvchi tizimni joriy etishni ham ko‘zda tutadi.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Buyuk Britaniya Vladimir Zelenskiy Kir Starmer

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing