Zelenskiy Ukraina urushda qiynalayotgan yo‘nalishlarni aytdi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy va Qurolli Kuchlari Bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy frontning qaysi yo‘nalishlarida vaziyat eng og‘ir ekanini aytdi. Bu haqda davlat rahbari videomurojaatida, bosh qo‘mondon esa AQSH shtablari boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi Charlz Braun bilan suhbatda so‘z ochdi.

Zelenskiy hozir “qiyin” bo‘lgan yetti yo‘nalishni aytib o‘tdi. Bu Avdeyevka Marinka, Baxmut, Liman, Kupyansk, Zaporoje va Xerson yo‘nalishlaridir. U harbiy va tashqi razvedka boshliqlari Kirill Budanov va Aleksandr Litvinenkoning hisobotlarini eshitib, videomurojaat qilgan. Davlat rahbari hisobotlar tafsilotlarini oshkor qilmadi.

Zalujniy esa Braun bilan telefon suhbatida faqat Avdeyevka, Kupyansk va Marinka yo‘nalishlarini eslatib o‘tgan. Zalujniy ushbu yo‘nalishlar "eng qaynoq nuqtalar" bo‘lib qolayotganini ta’kidlagan.

“Vaziyat murakkab va nazorat ostida. Shu bilan birga, Ukraina Qurolli kuchlari ma’lum yo‘nalishlar bo‘yicha hujum operatsiyalarini o‘tkazishda davom etmoqda”, deb yozgan Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni telefon orqali suhbatdan so‘ng Telegram’da.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Vladimir Zelenskiy Valeriy Zalujniy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing