Zelenskiy Ukraina NATOga kirishga tayyor ekanini aytdi

Olam

image

Ukraina NATOga a’zo bo‘lishga tayyor va alyans uni qabul qilishga tayyor bo‘lishini kutmoqda. Bu haqda bugun, 1 iyun kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy moldovalik mavqedoshi Mayya Sandu bilan bo‘lib o‘tgan brifingda aytib o‘tdi.

“Yevropa Ittifoqidagi kelajagimiz juda muhim. Ukraina NATOga a’zo bo‘lishga tayyor va hozir ittifoq bizni qabul qilishini kutmoqdamiz. Xavfsizlik kafolatlari nafaqat biz, balki Moldova uchun ham juda muhim”, degan Zelenskiy.

Ukraina rahbari Kishinyov bilan hamkorlik haqida gapirar ekan, Sandu bilan ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qilishini, shuningdek, tez orada bir qator hujjatlarni imzolash niyatida ekanini ta’kidlagan. Biroq Zelenskiy qaysi hujjatlar haqida gap ketayotganiga aniqlik kiritmagan.

Shuningdek, Zelenskiy o‘z nutqi davomida Moldova fuqarolariga ukrainalik qochqinlarga yordam bergani uchun ham minnatdorchilik bildirgan.

Ma’lumot uchun, Ukraina Prezidenti Moldovada Yevropa siyosiy hamjamiyatining sammitida ishtirok etadi. Sammitda “qiruvchilar koalitsiyasi”, “Patriot’lar koalitsiyasi”, Yevropa Ittifoqi, NATO, “Tinchlik formulasi” mavzulari muhokama qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 15 may kuni Kopengagendagi “Demokratiya sammiti”da so‘zga chiqqan NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg Vilnyusda bo‘lib o‘tadigan sammitda alyans a’zolaridan Ukraina ittifoqqa qo‘shishga rozi bo‘lishini kutishini bildirgandi. Shu hafta Oslo (Norvegiya)da bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan NATO Tashqi ishlar vazirlari uchrashuvida esa Ukrainaga alohida maqom berilishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Ukraina Zelenskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing