Zelenskiy Trampdan uzr so‘rashi kerak – Marko Rubio

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSH Prezidenti Donald Trampdan uzr so‘rashi kerak. Bu haqda AQSH Davlat kotibi Marko Rubio CNN telekanaliga bergan intervyusida so‘z ochdi.

AQSH vakilining so‘zlariga ko‘ra, Zelenskiy Oq uydagi uchrashuvni “fiasko”ga aylantirib yuborgan va u ushbu ishi uchun uzr so‘rashi kerak. Qolaversa, u Vladimir Zelenskiy haqiqatan ham mojaroni hal qilishni xohlayotganiga shubha bilan qaragan.

“Siz bu haqda tajovuzkorona gapira boshlasangiz – Prezident bitim tuzuvchi, u butun umri davomida bitimlar tuzgan – siz odamlarni muzokara stoliga tortolmaysiz. Shunday qilib, siz Zelenskiy tinchlik bitimini xohlamasligini tushuna boshlaysiz”, degan Marko Rubio.

Uning aytishicha, Donald Tramp 1 foiz ehtimol bo‘lsa ham Ukrainadagi mojaroni hal qilishga intiladi. Shuningdek, u xavfsizlik kafolatlarini ta’minlash uchun avvalo tinchlik shartnomasini imzolash kerakligini aytgan.

“U tinchlikka tayyor bo‘lganda qaytib kelsin”, deya Trampning so‘zlarini qaytargan Rubio.

Shuningdek, u Tramp Putinga ma’lum miqdorda ishonishi, shu bilan birga, tekshiruv ham olib borayotganini aytib o‘tgan.

Rubioning ta’kidlashicha, ushbu muloqotdan so‘ng, muzokara “relsdan chiqib ketgan”.

“Tinchlik o‘rnatishga qaratilgan sa’y-harakatlarning faol va ochiqchasiga barbod qilinishi har bir kishini chuqur xafa qiladi va menimcha, u bizning vaqtimizni behuda sarflagani uchun uzr so‘rashi kerak. Bu shunday yakun topadi”, degan AQSH Davlat kotibi.

Rubioning aytishicha, Tramp, Putin va Zelenskiy oxir-oqibat tinchlik muzokaralari uchun uchrashadimi yoki yo‘qmi, deb o‘ylashga hali erta.

“Bu nuqtaga yetgunimizcha juda ko‘p ish qilish kerak. Bu murakkab urush bo‘lib, uning ortida bir necha yil orqaga borib taqaladigan sabablar bor. Har ikki tomonga ham ko‘p sarmoya kiritildi” deya aytib o‘tgan Rubio.


Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning samolyoti AQSHdan havoga ko‘tarilgani va Buyuk Britaniya tomonga yo‘l olgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Vladimir Zelenskiy Marko Rubio

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing