Zelenskiy rafiqasi bilan Kanadaga bordi
Olam
−
22 Sentabr 2023
5601Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy rafiqasi Yelena Zelenskaya bilan Kanadaga bordi. Bu haqda Ukrainaning UNIAN agentligi xabar berdi.
Agentlikning videosida Ukraina rahbari va uning rafiqasini aeroportda Kanada Bosh vaziri Jastin Tryudo kutib olayotganini ko‘rish mumkin.
Bundan oldin Kanada Bosh vaziri Ukraina rahbarining mamlakatga bo‘lajak tashrifini e’lon qilgan. Tryudo Zelenskiy bilan uchrashib, Kanadaning Ukrainani harbiy, iqtisodiy va gumanitar sohalarda qo‘llab-quvvatlashi masalasida gaplashishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, Ottavada Kanada va Ukraina o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni yanada mustahkamlashga qaratilgan kelishuvni imzolash marosimi bo‘lib o‘tadi. Zelenskiy Kanada poytaxtidagi safari davomida parlamentda nutq so‘zlaydi.
Sentyabr oyi boshida Kanadaning Kiyevdagi elchisi Natalka Smok uning hukumati Ukrainadagi korrupsiyaga qarshi loyihalarda ishtirokini faollashtirish niyatida ekanini bildirgan. Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, Ottava ukrainalik sudyalar va auditorlarni tayyorlashi mumkin. Smokning qayd etishicha, ukrainaliklar korrupsiyaga qarshi islohotlarni o‘ta muhim deb tan oladi va bu Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish shartlaridan biri ekanini yaxshi tushunadi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 18 sentyabr kuni Zelenskiy AQSHga yetib kelgandi. U BMT Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishida ishtirok etdi va tashkilot Bosh Assambleyasi doirasida bir necha uchrashuvlar o‘tkazdi. Ukraina Prezidenti Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen, Germaniya kansleri Olaf Shols, Braziliya Prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva va boshqa siyosatchilar bilan muzokaralar o‘tkazgan. Shuningdek, u Oq uyda Prezident Bayden bilan ham uchrashdi.
LiveBarchasi