Melaniya Tramp Oq uyda Rossiya va Ukraina vakillarini qabul qiladi

Olam

−

image

AQŞ birinçi xonimi Melaniya Tramp bugun, 5 noyabr kuni Oq uyda Rossiya va Ukraina vakillari bilan uçraşuv ötkazadi. Muzokaralar Abu-Dabida uruşni hal etiş böyiça yangi bosqiçdagi muhokamalar oldidan bölib ötad. Bu haqida “Euronews” xabar berdi. 

Uçraşuvda Ukrainaning “Xalq xizmatkori” partiyasi parlament fraksiyasi rahbari David Araxamiya, Ukraina Oliy Radasi inson huquqlari böyiça vakili Dmitriy Lubinets, Rossiya töğridan töğri investitsiyalar jamğarmasi rahbari va Rossiya Prezidentining maxsus vakili Kirill Dmitriyev, şuningdek, Rossiya inson huquqlari böyiça vakili Yana Lantratova iştirok etişi kutilmoqda.

Mazkur uçraşuv AQŞ, Rossiya va Ukraina rasmiylari örtasida Abu-Dabida ötkazilişi rejalaştirilgan uç tomonlama muzokaralar arafasida taşkil etilmoqda.

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ham AQŞ maxsus vakillari Stiv Uitkoff va Jared Kuşner bilan uşbu muzokaralarga tayyorgarlik yuzasidan 90 daqiqalik batafsil suhbat ötkazganini bildirgan.

Qayd etiş joiz, Melaniya Tramp avval ham Ukrainadagi gumanitar masalalarda iştirok etgan. Xususan, u Xerson viloyatidagi Oleyeşki şahrida tinç aholini evakuatsiya qiliş imkonini bergan mahalliy sulhga erişişda vositaçilik qilgan. Şuningdek, Rossiyaga olib ketilgan ukrainalik bolalarni qaytariş masalasi bilan şuğullanmoqda.

4 noyabr kuni Vladimir Zelenskiy Melaniya Trampni gumanitar yordam körsatiş va inson huquqlarini himoya qilişdagi hissasi uçun I darajali knyaginya Olga ordeni bilan taqdirlaş töğrisida farmon imzoladi.

Eslatib ötamiz, Rossiya va Ukraina örtasida AQŞ vositaçiligida muzokaralar joriy yilning 10-11 noyabr kunlari Birlaşgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi şahrida bölib ötişi haqida xabar berilgan edi.
 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing