Zelenskiy Putinga muzokaralar olib borishni taklif qildi

Olam

image

Kiyev Moskvaga mojaroga yechim topish va ko‘tarilgan masalalarni hal etish bo‘yicha yangi muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘zining kechki videomurojaatida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda Rossiya tomoni bilan yana bir mahbus almashinuvi bo‘yicha muloqot olib borilmoqda. Zelenskiy muzokaralar dinamikasi asta-sekin o‘sib borishi kerakligini ta’kidladi.

“Biz o‘t ochishni to‘xtatish uchun hamma narsani qilishimiz kerak”, dedi davlat rahbari.

Siyosatchining qo‘shimcha qilishicha, yetakchilar – Ukraina va Rossiya rahbarlari darajasidagi uchrashuv zarur.

“Bularning barchasi haqiqatan ham tinchlikni ta’minlashga yordam beradi – haqiqatan ham uzoq muddatli tinchlikni. Ukraina bunday uchrashuvga tayyor”, deya xulosa qildi u.

Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Rustam Umarov Moskvaga muzokaralarning keyingi bosqichini kelasi haftaga belgilashni taklif qildi.

Moskva bunga javoban Rossiya Ukraina bilan ikki tomonlama muloqotning yangi bosqichiga tayyorligini bildirdi.

“Biz uzoq vaqtdan beri tayyor edik va Kiyevdan kelgan signallar yaqin orada aniq sana paydo bo‘lishiga umid qilish imkonini beradi”, deydi Rossiya vakili RIA Novostiga.

O‘z navbatida, TASS manbasi ham delegatsiyalar uchrashuvining aniq sanasi hali belgilanmaganini tasdiqladi.

Ma’lumki, 2 iyun kuni Istanbulda Rossiya va Ukraina vakillari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarning ikkinchi raundi bo‘lib o‘tgandi. Tomonlar og‘ir yaralangan askarlar va 25 yoshgacha bo‘lgan asirlarni almashish, shuningdek, urushda halok bo‘lgan 6000 nafar harbiy xizmatchilarning jasadini bir-biriga topshirishga kelishib oldi.

Shundan so‘ng, bir qator harbiy asirlar almashinuvi bo‘lib o‘tdi – xususan, 9, 10, 1219 va 20 iyun kunlari. Shu bilan birga, o‘liklarning jasadlarini almashtirish davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Vladimir Putin Ukraina Vladimir Zelenskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing