Ozon Ukraina hujumlari oqibatida 30 mlrd rubldan ortiq zarar kördi
Olam
−
18:53 476 2 daqiqa
Rossiyaning Ozon marketpleysi Ukraina dronlarining 11 ta logistika markaziga hujumlari oqibatida yetkazilgan zararni 30,1 milliard rublga baholadi. Bu haqda “Meduza” naşri xabar berdi.
Zarar miqdoriga omborlarda yöq qilingan tovarlar, şikastlangan uskunalar hamda boşqa yöqotişlar va xarajatlar kiritilgan. Kompaniya ayrim xavflar suğurtalanganini bildirib, suğurta taşkilotlari bilan tovon pulini oliş böyiça muzokaralarni davom ettirmoqda.
Şunga qaramay, Ozon uçinçi çorakda moliyaviy ösişni qayd etgan. Kompaniyaning sof foydasi ötgan yilning şu davriga nisbatan 25 foizga oşib, 3,7 milliard rublni taşkil etgan. Daromad esa 1,6 barobarga ösib, 421,2 milliard rublga yetgan. Hisobot davrida mijozlarga yetkazilgan buyurtmalar soni ham 76 foizga köpayib, 1,2 milliardtaga yetgan.
Ma’lumotlarga köra, 2026 yil yozidan Ukraina Rossiyadagi savdo va logistika infratuzilmasiga ham hujumlarni kuçaytirgan. 18 iyul kuni dronlar Wildberries omboriga ilk bor zarba bergan. Keyingi uç oy davomida kompaniyaning 36 ta ombori hujumlarga uçragan.
22 avgustdan esa Ozon logistika markazlariga ham hujumlar boşlangan. Oktyabr oyida Ukraina dronlari Rossiyadagi raqamli infratuzilma ob’ektlarini ham nişonga olgan. Jumladan, Yandex ma’lumotlar markazlari, Sberbank va Federal soliq xizmati ma’lumotlar markazlariga zarbalar berilgani xabar qilingan.
Eslatib ötamiz, Rossiya armiyasi 2 noyabr kuni Ukrainaning Zaporoje viloyatidagi gumanitar yordam tarqatiş markazi va uning yonidagi boşpanaga aviabombalar bilan zarba bergandi. Hujum oqibatida kamida 26 kişi halok böldi, yana 5 kişi jarohatlandi.
Live
Barchasi