Zelenskiy NATO sammitida qatnashadi – “Bloomberg”

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy NATOning joriy yil 11 iyul kuni boshlanadigan sammitida qatnashadi. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Zelenskiy NATO rahbarlari bilan uchrashish uchun Litvaning Vilnyus shahriga boradi. Ushbu masaladan xabardor manbalarning bildirishicha, Ukraina yetakchisi Vilnyusga 12 iyul kuni boradi.

Vilnyus sammitida Kiyevni yangi snaryadlar, shu jumladan AQSH tomonidan taqdim etiladigan kassetali o‘q-dorilar bilan ta’minlash, o‘tgan oy Rossiyada yuz bergan Prigojin isyonining mamlakat rahbariyati hamda uning operatsiyalariga ta’sirini baholash masalalari muhokama qilinishi kutilmoqda. Shuningdek, Zelenskiy Vilnyus sammitida Ukrainaning Shimoliy Atlantika alyansiga qo‘shilishi bo‘yicha ham ijobiy qadamlar tashlanishini kutyatpti. U urush tugaganidan so‘ng mamlakatining blokka qo‘shilish jarayoni boshlanishiga umid qilmoqda.

Biroq, bunda ba’zi to‘siqlar ham yo‘q emas. Xususan, NATOning ikki a’zosi – AQSH va Germaniya ertaga boshlanadigan sammitda Ukrainaning alyansga qo‘shilish tashabbusini bloklamoqchi. AQSH Prezidenti Jozef Bayden o‘tgan hafta CNN telekanaliga bergan intervyusida ham Ukrainaning NATOga qo‘shilishga tayyor emasligini, chunki Rossiya bilan mojaro tugamasdan avval uning NATOga qo‘shilishi blokni Rossiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashuvga yetaklashini ta’kidlagan. Germaniya kansleri Olaf Sholsning bu masaladagi qarashlari ham amerikalik mavqedoshiniki bilan bir xil.


Maqola muallifi

Teglar

Zelenskiy NATO sammiti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing