Germaniya Ukrainaning NATOga kirishini kechiktirmoqchi – OAV
Olam
−
10 iyul 2023
3475Germaniya hukumati 11-12 iyul kunlari Vilnyusda bo‘lib o‘tadigan NATO sammitida Ukrainaning alyansga kirishi Rossiya bilan urushga olib kelishi mumkinligidan xavotirlanib, qo‘shilishni keyinga surishni talab qiladi. Bu haqda “The Telegraph” gazetasi NATOdagi manbasiga tayanib, xabar berdi.
Nashr suhbatdoshiga ko‘ra, bo‘lajak uchrashuv chog‘ida Berlin ittifoqchilarni Shimoliy Atlantika alyansiga qo‘shilish takliflariga emas, Kiyevga xavfsizlik kafolatlarini berishga e’tibor qaratishga chaqiradi.
“Berlin zudlik bilan a’zolikni taklif qilish istiqbolidan qaytmoqda. Unga a’zolikni butunlay blokirovka qilish uchun kafolatlarni ishlab chiqishga jarayon va vaqt kerak”, deydi manba.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Berlin Rossiya Prezidenti Vladimir Putin NATOning Kollektiv mudofaa to‘g‘risidagi Nizomining 5-moddasini buzilishini istamaydi.
“The Teleghraph” nashrining yozishicha, AQSH, Buyuk Britaniya va YeI davlatlari ikki tomonlama xavfsizlik kafolatlarini ishlab chiqmoqda. Bu ularning fikricha, NATOga a’zo bo‘lmagan taqdirda Ukrainani himoya qilishga yordam beradi.
Biroq Sharqiy Yevropaning ayrim yetakchilari, jumladan, Estoniya Bosh vaziri Kaya Kallas, Vilnyusdagi sammitda Ukrainaga alyansga a’zolik bo‘yicha yo‘l xaritasi taqdim etilishi kerak, deb hisoblaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Jo Bayden ham Ukrainaning mojaro tugamasidan avval NATOga qabul qilinishi alyans va Rossiya o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashuv kelib chiqishi tahdidini keltirib chiqarishini aytgandi.
LiveBarchasi