Zelenskiy Moldovadagi elchisini ishdan bo‘shatdi
Olam
−
29 mart 2024
5409Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Mark Shevchenkoni mamlakatning Moldovadagi elchisi lavozimidan ozod qildi. Tegishli farmon Ukraina davlati rahbari saytida e’lon qilindi.
“Mark Aleksandrovich Shevchenko Ukrainaning Moldova Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimidan ozod qilinsin”, deyiladi farmonda.
Hujjatda ishdan bo‘shatish sabablari ko‘rsatilmagan. Moldovaga yangi elchi tayinlash haqidagi farmon hali e’lon qilinmagan.
Shevchenko bu lavozimda 2019 yildan beri ishlab kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning iyul oyida Ukrainaning Buyuk Britaniyadagi elchisi Vadim Pristayko Prezident Zelenskiyni tanqid qilganidan so‘ng ishdan bo‘shatilgandi. Uning o‘rniga shu oy boshida Ukraina Qurolli kuchlarining sobiq bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy tayinlandi.
LiveBarchasi