Zelenskiy legitimligi tugagani haqidagi gaplarga izoh berdi

Olam

image_2024-05-25_19-03-06

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy 2024 yil 20 maydan keyin vakolat muddati tugashi munosabati bilan legitimlikni yo‘qotgani haqidagi gaplarga izoh berdi. Bu haqda u markaziy osiyolik jurnalistlarga bergan intervyusida so‘z ochdi.

“Hozir hukumatingizning legitimlik muddati tugagani haqida rossiyaparast narrativ tarqalyapti. Biz Ukraina qonunlari va Konstitutsiyasini ham o‘qidik. Bunday gaplarga nima deb javob bera olasiz? Bu sizni bezovta qilyaptimi va Ukrainada bu bayonotlarga munosabat qanday?” deb savol beradi jurnalist.

Zelenskiy esa bunga javoban ukrainaliklar o‘z Konstitutsiyasi va qonunlarini bilishini aytdi.

“Ular Rossiyaning noqonuniy Prezidentining Ukraina Prezidentining noqonuniyligiga qarshi bayonotlari, ochig‘ini aytganda, zerikarli ekanini tushunishadi. Qiziq emas. Qonunlarni o‘qishni biladigan barcha adekvat odamlar o‘qib, xulosa topadi. Xullas, rostini aytsam, bu meni unchalik bezovta qilmaydi”, deydi Zelenskiy.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 24 may kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Minskda Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiyning qonuniy prezidentlik davri tugaganini va Ukraina bo‘yicha kim bilan muzokara olib borish masalasi bekorga emasligini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina Vladimir Zelenskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing