Zelenskiy Klichko bilan xayrlashyapti
Olam
−
05 Sentabr 2019
7494Ukraina poytaxti Kiyev meri Vitaliy Klichko lavozimidan ozod qilindi. Ukraina Hukumati Klichkoning Kiyev shahri davlat ma’muriyati rahbari lavozimidan bo‘shatilishiga rozilik berdi.
Avval Vladimir Zelenskiyga sobiq bokschini lavozimidan olish uchun Hukumat halal berayotgandi. Zelenskiy tarafdorlaridan tuzilgan yangi Hukumat Kiyev meri masalasida Prezidentni qo‘llab-quvvatladi.
Hukumat Zelenskiy ofisiga Klichkoning bo‘shatilishi yuzasidan murojaat qilgan. Yakuniy qarorni Prezident beradi. Shu bilan birga, Klichko keyingi saylovgacha Kiyev shahri rahbari bo‘lib qoladi va Kiyev kengashini boshqaradi. Vladimir Zelenskiy Vitaliy Klichkoning Kiyev shahri davlat ma’muriyat rahbari lavozimidan olinishiga erishdi.
Ma’lumot uchun, Vitaliy Klichko 2014 yil 25 iyundan beri Kiyev meri lavozimida faoliyat yurtib keladi.
LiveBarchasi