Zelenskiy Kiyevdagi bir qator elchixonalar yopilishi bo‘yicha izoh berdi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiyevdagi bir qator elchixonalar yopilishi bo‘yicha izoh berib, mamlakatga hech qanday “maxsus xavf” tahdid solmayotganini ta’kidladi. Bu haqda kecha, 20 noyabr kuni “Strana.ua” xabar berdi.

Qayd etilishicha, kecha, 20 noyabr kuni AQSH, Italiya va Ispaniya elchixonalari, shuningdek, Yevropaning boshqa ba’zi mamlakatlari elchixonalari xavfsizlik tahdidlari sababli yopilishini e’lon qilgan. Shundan so‘ng, Zelenskiy murojaat bilan chiqib, Ukraina uchun ayni damda “maxsus xavf" mavjudligi haqidagi ma’lumotlarni rad etgan. Ukraina Tashqi ishlar vazirligi esa bu holatni ayrim davlatlar tomonidan axborot bosimi sifatida baholagan.

“Zelenskiy kechki nutqida Ukrainaga bugun tahdid solayotgan “maxsus xavf” haqidagi xabarlarni rad etdi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ozarbayjon, Qozog‘iston va Qirg‘izistonning Ukrainadagi elchixonalari ham Rossiyadan “kuchli o‘qqa tutish” tahdidi fonida o‘z fuqarolarini mamlakatni tark etishga chaqirgan murojaatlar bilan chiqqan edi.


Maqola muallifi

Teglar

elchixona Vladimir Zelenskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing