Tramp Zelenskiyni G20 sammitiga taklif qilişini aytdi

Olam

−

image

AQŞ Prezidenti Donald Tramp Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyni dekabr oyida Mayamida bölib ötadigan “Katta yigirmatalik” (G20) sammitiga taklif qilişga qarşi emasligini aytdi. Bu haqda u keça, 31 oktyabr kuni AQŞning Florida ştatidagi Mar-a-Lago qarorgohida ötkazilgan Xellouin bayrami tadbiri vaqtida jurnalistlar bilan suhbatda söz oçdi.

Jurnalistlar Trampdan AQŞ Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni sammitga taklif qilganini hisobga olib, Zelenskiy ham tadbirga taklif etiladimi, deb söragan.

“Taklif qilaman. Ha, bunda heç qanday muammo yöq”, degan AQŞ Prezidenti.

Avvalroq, 31 oktyabr kuni AQŞ Davlat kotibi Marko Rubio Zelenskiyning sammitda iştirok etişi Trampning taklifiga boğliqligini bildirgandi. Öşanda u bu borada hali yakuniy qaror qabul qilinmaganini aytgan.

Ma’lumot uçun, G20 sammiti 14–15 dekabr kunlari Mayami şahrida ötkazilişi rejalaştirilgan. AQŞ sentyabr oyida Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni ham sammitga taklif qilgan. Tramp va Putin tadbir doirasida uçraşişi mumkin.

Şundan söng Zelenskiy Putin bilan sammit doirasida uçraşuv ötkazişni taklif qilgan, biroq Rossiya Prezidenti bu taklifni rad etgan. Tramp ham yaqinda Putinning Mayamida uç tomonlama uçraşuv ötkazişga rozi böliş-bölmasligini bilmasligini aytgandi.

Şuningdek, Marko Rubio Tramp va Putin bir neça hafta içida uçraşişi mumkinligini ma’lum qilgan. Uçraşuv 18–19 noyabr kunlari Xitoyda bölib ötadigan Osiyo-Tinç okeani iqtisodiy hamkorligi (APEC) sammiti doirasida taşkil etilişi mumkin.

Tramp yaqinda Zelenskiy va Putin bilan uçraşuv ötkaziş rejalari borligini ham bildirgan. Biroq u uçraşuv sanasi va uning uç tomonlama yoki alohida şaklda ötişiga aniqlik kiritmagan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina, AQŞ va Rossiya örtasidagi uç tomonlama muzokaralar noyabr oyida ötkazilişi mumkinligini ma’lum qilgan edi. Şuningdek, Rossiya Prezidenti yordamçisi Yuriy Uşakov Rossiya, AQŞ va Ukraina örtasida Rossiya-Ukraina uruşini yakunlaş böyiça tinçlik muzokaralari joriy yilning 4 noyabridan keyin Abu-Dabida ötkazilişi kutilayotganini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing