Zelenskiy tinçlik muzokaralari qaçon boşlanişini aytdi

Olam

−

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina, AQŞ va Rossiya örtasidagi uç tomonlama muzokaralar noyabr oyida ötkazilişi mumkinligini ma’lum qildi. Uning aytişiça, uçraşuvdan maqsad uruşni töxtatiş böyiça töxtab qolgan muzokaralarni qayta boşlaşdir. Bu haqda u keça, 25 oktyabr kuni Ukraina televideniyesiga bergan intervyusida söz oçdi.

Zelenskiyning aytişiça, Ukraina muzokaralarga tayyor. Biroq hududiy masalalar davlat rahbarlari darajasida muhokama qilinişi kerak, boşqa masalalarni esa texnik guruhlar körib çiqişi mumkin.

“Biz muzokaralarga tayyormiz. Agar gap hududiy masala haqida ketayotgan bölsa, u davlat rahbarlari darajasida hal qilinişi kerak. Boşqa masalalar texnik guruhlar vakolatiga kiradi. Bularning barçasini noyabr oyida muhokama qiliş mumkin“, degan Zelenskiy.

Sönggi haftalarda uruşni töxtatiş böyiça uç tomonlama muzokaralarni qayta boşlaş masalasi faol muhokama qilinmoqda. AQŞ Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati bu borada diplomatik sa’y-harakatlarni kuçaytirgan.

Avvalroq, AQŞning maxsus vakili Stiv Uitkoff joriy yilning 20 oktyabr kuni Norvegiyaning Oslo şahrida Zelenskiy va Yevropa davlatlari rahbarlari bilan uçraşgan edi. Ertasi kuni esa Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan Sankt-Peterburgda muzokara ötkazgan.

Uşbu uçraşuvlardan söng Kiyev va Moskva AQŞ vositaçiligida töğridan töğri muzokaralarni qayta boşlaşga tayyorligini bildirgan. Putinning taşqi siyosat böyiça maslahatçisi Yuriy Uşakov Rossiya rahbari muzokaralarni joriy yilning 10 noyabridan keyin qayta boşlaş taklifini prinsipial jihatdan qöllab-quvvatlaganini aytgan.

Uşakovning ma’lum qilişiça, muzokaralarda uruş tugaganidan keyin Rossiya va Ukraina uçun xavfsizlik tizimini yaratiş masalasi ham körib çiqiladi.

Zelenskiy Vaşingtonning muzokaralarni tezroq qayta boşlaş taşabbusini qöllab-quvvatlaşini bildirgan. Uning ta’kidlaşiça, asosiy maqsad uruşni tugatiş, tinçlikka erişişni tezlaştiriş va davlat rahbarlari darajasidagi uçraşuvga tayyorgarlik körişdir.

Eslatib ötamiz, avvalroq Zelenskiy AQŞ Ukrainaga Patriot havo hujumidan mudofaa tizimlari uçun raketalar yetkazib berişni qisqartirgani sababli Rossiya Ukrainaga ballistik raketa hujumlarini kuçaytirişi mumkinligini aytgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing