Zelenskiy Baydendan Ukrainani NATOga taklif qilishni so‘raydi
Olam
−
21 Sentabr
2540Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy kelasi hafta AQSH Prezidenti Jo Baydendan NATOga a’zo bo‘lish uchun rasmiy taklifnoma yuborishini so‘raydi. Bu haqda manbalariga tayanib, "Bloomberg" xabar berdi.
Nashrga ko‘ra, Zelenskiy joriy yilning 26 sentyabr kuni Vashingtonda o‘tkazilishi kutilayotgan navbatdagi uchrashuvda Baydenga Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish uchun aniq yo‘l, shuningdek, boshqa iqtisodiy va xavfsizlik choralarini ko‘radigan g‘alaba rejasini taqdim etishi kutilmoqda.
Zelenskiy avvalroq “G‘alaba rejasi” o‘zining ilgari taqdim etgan “Tinchlik rejasi”ni amalga oshirishga yordam berishini aytgan. Rejada Rossiya qo‘shinlarini Ukraina hududlaridan to‘liq olib chiqish ko‘zda tutilgan.
Ma’lumot uchun, joriy yilning 16 sentyabr kuni Zelenskiy Ukraina uchun 4 ta asosiy va bitta urushdan keyingi punktdan iborat g‘alaba rejasini e’lon qilgan edi. Uning ta’kidlashicha, gap xavfsizlik, Ukrainaning geosiyosiy o‘rni va mamlakat uchun mavjud bo‘lishi kerak bo‘lgan juda kuchli harbiy yordam haqida borgan.
Shuningdek, u rejani Donald Tramp va Kamola Harrisga ham ko‘rsatmoqchiligini ma’lum qilgan edi.
Sara Komiljonova
LiveBarchasi