Zelenskiy Hindistonda Ukraina bo‘yicha konferensiya o‘tkazishni taklif qildi
Olam
−
24 avgust
2263Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy agar Nyu-Dehli birinchi sammit kommyunikesini imzolashga rozi bo‘lsa, Ukraina bo‘yicha navbatdagi konferensiyani Hindistonda o‘tkazishni taklif qildi. Bu haqda “Hindustan Times” xabar berdi.
Bildirilishicha, Zelenskiy Modiga tinchlik sammiti Hindistonda o‘tkazilishi mumkinligini aytgan. Bu holatda Hindiston birinchi konferensiya qarorlarini qabul qilishi shart.
Ma’lumot uchun, 15-16 iyun kunlari Shveysariyaning Burgenstok shahrida Ukraina bo‘yicha konferensiya bo‘lib o‘tgan. Kreml Ukraina mojarosida Rossiya ishtirokisiz vaziyatdan chiqish yo‘llarini izlash mutlaqo mantiqsiz va befoyda ekanini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi Ukraina va Rossiyani muzokaraga chaqirgan edi.
LiveBarchasi