“O‘zbekkonsert”da navbatdan tashqari yig‘ilish: “Bravo”ning litsenziyasi olinishi mumkin

Madaniyat-san’at

image

Ayni vaqtda “O‘zbekkonsert” davlat muassasasida “Badiiy so‘z san’ati va sahna mas’uliyati” mavzusida yig‘ilish o‘tkazilmoqda. Unda O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan qiziqchilar, so‘z ustalari va kulgu jamoalari ishtirok etmoqda. 

Yig‘ilishni “O‘zbekkonsert” DM direktori Odiljon Abduqahhorov olib bormoqda. 

Oxirgi vaqtlar ijtimoiy tarmoqlar va keng jamoatchilik orasida yana “Bravo”, “Million”, “Dizayn” kabi jamoalarning hazillari ko‘plab bahs-munozara, tanqid va e’tirozlarga sabab bo‘lmoqda. Qolaversa, aktrisa va so‘z ustasi Halima Ibragimovaning ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilar bilan yozishmalari, muloqoti davomidagi haqoratlari aks etgan videolar tanqidlar markazida turibdi. Yig‘ilishda so‘zga chiqqan Odiljon Abduqahhorov aynan shular haqida gapirmoqda. 

Yig‘ilishda ta’kidlanishicha, ayni paytda estrada san’ati sohasida faoliyat yuritayotgan ijodkorlarga barcha shart-sharoitlar yaratib berilayotganiga qaramasdan, qiziqchilik san’ati, aksar so‘z ustalarida talabchanlik yo‘qolib, bachkana, fahsh xatti-harakatlar, bema’ni haqoratomuz so‘zlar bilan keng ommaning g‘ashiga tegish holatlari kuzatilmoqda. 

Shundan kelib chiqib, bugun o‘tayotgan yig‘ilishda “Bravo” jamoasining litsenziyasi tugatilishi taxmin qilinmoqda.  
 


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekkontsert Bravo

Baholaganlar

110

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing