O‘zbekistonda yuridik shaxslarni YHXX “soprovojdat” qilishi mumkin

Jamiyat

image

O‘zbekison Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ichki ishlar organlari tomonidan jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash borasidagi xizmatlarni ko‘rsatish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirildi

Mazkur qarorga muvofiq, 2019 yil 1 apreldan quyidagi tartib joriy etiladi: 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklari mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan ichki ishlar organlarining patrul-post, yo‘l-harakati xavfsizligi, profilaktika va xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘linmalarini (keyingi o‘rinlarda ichki ishlar organlari bo‘linmalari) tashkil etishga haqli;

tadbirkorlik sub’ektlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari bilan shartnomaviy-huquqiy asosda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash borasidagi tadbirlarni amalga oshirish uchun xo‘jalik mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan ichki ishlar organlari bo‘linmalari shtatlarini tashkil etishga haqli;

ichki ishlar organlarining davlat yo‘l harakati xavfsizlik xizmatiga yuridik shaxslar bilan tuzilgan shartnoma asosida haq evaziga ularning avtotransport vositalarini kuzatib borish xizmatini ko‘rsatish vakolati beriladi. 

Qaror bilan belgilanishicha:

mahalliy byudjet yoki xo‘jalik hisobidan moliyalashtiriladigan ichki ishlar bo‘limlarini tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan kelishgan holda amalga oshiriladi;

mahalliy byudjet yoki xo‘jalik hisobidan moliyalashtiriladigan ichki ishlar bo‘limlari o‘z faoliyatida ichki ishlar organlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga qat’iy amal qiladi;

mahalliy byudjet yoki xo‘jalik hisobidan moliyalashtiriladigan ichki ishlar bo‘limlari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va baholash tegishincha ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi;

mahalliy byudjet yoki xo‘jalik hisobidan ushbu qaror bilan ko‘zda tutilmagan ichki ishlar bo‘limlarini tashkil etish taqiqlanadi.

Qaror bilan Ichki ishlar organlari tomonidan jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash borasidagi xizmatlarni mahalliy hamda xo‘jalik hisobidan amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi. 

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Toshkent viloyati hokimiyatining 2019 yil 1 maydan:

2020 yil may oyiga qadar Toshkent viloyatida tajriba tariqasida jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq ommaviy tadbirlarga shu jumladan, qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshiriladigan tadbirlarga (keyingi o‘rinlarda – jamoat tadbirlariga deb yuritiladi) Ichki ishlar va Mudofaa vazirliklarining ishlamaydigan pensionerlarini (keyingi o‘rinlarda – pensionerlar deb yuritiladi) 2 haftadan kam bo‘lmagan, lekin 6 oydan ortiq bo‘lmagan muddatga shartnoma asosida jalb etish;

pensionerlarga shartnoma asosida haq to‘lashni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda – jamg‘arma deb yuritiladi) mablag‘lari hisobidan amalga oshirish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullanadi.

jamoat tartibini saqlash bilan bog‘liq ommaviy tadbirlarga, shu jumladan qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshiriladigan jamoat tadbirlariga jalb etilgan pensionerlarining ish haqi to‘lovi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 5 oktyabrdagi 799-son qarori bilan tasdiqlangan “Haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish tartibi to‘g‘risida nizom”da belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Toshkent viloyatida pensionerlarni jamoat tadbirlariga jamg‘arma hisobidan jalb etish quyidagilarni hisobga olgan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi:

a) Toshkent viloyati tuman (shahar)lari ichki ishlar bo‘limlari:

pensionerlarni jamoat tadbirlariga jalb etishda buyurtmachi sifatida ishtirok etadilar;

pensionerlar o‘rtasida targ‘ibot ishlarini o‘tkazadilar hamda jamoat tadbirlarida ishtirok etish istagini bildirgan pensionerlarning ro‘yxatini yuritadilar;

jamoat tadbiri boshlanishidan kamida o‘n besh kun oldin buyurtmani shakllantirib, Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasiga taqdim etadilar;

pensionerlar bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shartnoma tuzadilar;

Toshkent viloyatida pensionerlarni jamoat tadbirlariga jamg‘arma hisobidan jalb etish quyidagilarni hisobga olgan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi:

a) Toshkent viloyati tuman (shahar)lari ichki ishlar bo‘limlari:

pensionerlarni jamoat tadbirlariga jalb etishda buyurtmachi sifatida ishtirok etadilar;

pensionerlar o‘rtasida targ‘ibot ishlarini o‘tkazadilar hamda jamoat tadbirlarida ishtirok etish istagini bildirgan pensionerlarning ro‘yxatini yuritadilar;

jamoat tadbiri boshlanishidan kamida o‘n besh kun oldin buyurtmani shakllantirib, Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasiga taqdim etadilar;

pensionerlar bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shartnoma tuzadilar;

Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasi:

tuman (shahar) ichki ishlar bo‘limlaridan kelib tushgan buyurtmalarni umumlashtirib, jamoat tadbirlari ro‘yxatini (keyingi o‘rinlarda – yig‘ma buyurtma deb yuritiladi) shakllantiradi;

yig‘ma buyurtmani tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlariga taqdim etadi;

tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari bilan jamoat tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shartnomalar tuzadi;

tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlariga o‘tgan oy uchun jamoat tadbirlarida ishtirok etgan pensionerlarni amalda qatnashgan kunlari bo‘yicha tasdiqlangan tabel va ish haqi hisoblanganligi bo‘yicha qaydnomalarni taqdim etadi;

tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari tomonidan shartnomaga asosan jamoat tadbirlariga jalb etilgan pensionerlarning ish haqi uchun o‘tkazilgan to‘lovlarni pensionerlarga o‘z vaqtida yetkazilishini ta’minlaydi.
 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Vazirlar Mahkamasi qarori YHXX

Baholaganlar

20

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing