Endilikda avtomobil raqamlari tasodifiy tanlash yo‘li bilan beriladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda 2024 yil 1 avgustdan boshlab avtomobillarga davlat raqamlari tasodifiy tarzda beriladi. Bu haqda kecha, 17 iyul kuni qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qarorida so‘z boradi. 

Unda raqamlar Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimidagi “Davlat raqam belgilari” modulida avtomatik tarzda beriladi.

Biroq, xaridorgir harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega bo‘lgan ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari oshirilgan to‘lov stavkalaridagi raqamlar bundan mustasno.

Shuningdek, joriy yilning 1 dekabridan boshlab avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish davlat raqami belgilarini berish bilan bog‘liq murojaatlarni YHXXning mobil ilovasi, rasmiy sayti, Sall-markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga (my.gov.uz) orqali avtomobillarni ro‘yxatdan o‘tkazish va raqam berish bo‘yicha murojaatlarni yuborish va o‘sha yerning o‘zida to‘lovni amalga oshirish mumkin bo‘ladi.

Raqamlarni tasodifiy tartibda berishning mohiyati shundaki, raqam tasodifiy tanlanib, kompyuter tomonidan rasmiylashtiriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq elektrosamokat boshqarish uchun yosh toifasi va harakat tezligi belgilangani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

YHXX avtomobil' raqamlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing