O‘zbek sportchilari navbatdagi jahon chempionatida ishtirok etishadi

Sport

image

Shu yilning 8 – 15 mart kunlari AQSHning Las-Vegas shahrida og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida navbatdagi jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. E’tiborlisi, unda O‘zbekiston terma jamoasi vakillari ham ishtirok etadilar.

O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Shahrullo Mahmudov boshchiligidagi delegatsiyaning bir qismi kecha okean ortiga yetib borishdi va mashg‘ulotlarni bevosita AQSHda davom ettirishmoqda. Tarkibda o‘tgan yili Argentinada bo‘lib o‘tgan o‘smirlar Olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritgan, o‘zbek sporti tarixida qizlar o‘rtasidagi birinchi jahon chempioni Kumushxon Fayzullayeva ham bor.

O‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamosi quyidagi tarkib bilan ishtirok etishadi:

-55 kg: Og‘abek Nafasov;
-67 kg: Hojiakbar Olimov va Asadbek Narimonov;
-73 kg: Og‘abek To‘xtayev;
-96 kg: Mirhosil Mirzaboyev;
-45 kg: Nigora Abdullayeva;
-59 kg: Nigora Suvonova;
-64 kg: Kumushxon Fayzullayeva;
-76 kg: Tursunoy Jabborova.

Ma’lumot uchun, musobaqada 100 ga yaqin mamlakat vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.
 


Maqola muallifi

Teglar

Las-Vegas og'ir atletika

Baholaganlar

8

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing