AQSHga millionlab odamlar bostirib kirishini to‘xtatdim – Tramp
Olam
−
20:26 244 2 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp mamlakatga noqonuniy muhojirlar oqimi to‘xtatilganini ma’lum qildi. Bu haqda u kecha, 5 avgust kuni Las-Vegas shahridagi tadbirda so‘zlagan nutqida aytdi.
Trampning aytishicha, prezidentlik faoliyatining dastlabki 30 kunida AQSHga kiradigan millionlab muhojirlar oqimiga chek qo‘yilgan.
“30 kun ichida mamlakatimizga millionlab odamlar bostirib kirishini to‘xtatdim. Tasavvur qiling, mamlakatimizni egallab olishmoqchi edi. AQSHning janubiy chegarasi orqali 25 million kishi kirib kelishga intilgan”, degan Tramp.
Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi 15 oy davomida AQSH hududiga birorta ham noqonuniy muhojir kirmagan. Oq uy rahbari ma’muriyati “muhojirlar jinoyatchiligi balosi”ga barham berish ustida ish olib borayotganini ham ta’kidlagan.
Tramp, shuningdek, o‘tgan hafta Ispaniyada yuz bergan voqealarni misol keltirib, “60 mingdan ortiq muhojir chegaraga bostirib kelib, shaharlardan birini egallagani, tinch aholiga hujum qilib, talon-toroj qilgani”ni aytgan.
“Kommunistlar Amerika uchun xuddi shunday holatni xohlaydi”, degan u.
Shu bilan birga, Tramp AQSH Immigratsiya va bojxona nazorati xizmati (ICE) xodimlarining noqonuniy muhojirlarni qo‘lga olish va deportatsiya qilish bo‘yicha harakatlarini qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.
“Biz har doim huquqni muhofaza qiluvchi organlarimizni qo‘llab-quvvatlaymiz”, degan AQSH Prezidenti.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Oliy sudi Prezident Donald Tramp ma’muriyatining Gaiti va Suriyadan kelgan minglab muhojirlarni huquqiy himoyadan mahrum etish to‘g‘risidagi iltimosini qo‘llab-quvvatlagandi.
Live
Barchasi