Özbekiston Jahon çempionatini kuçli uçlikda yakunladi
Sport
−
12:17 550 1 daqiqa
Xitoyning Ninbo şahrida bölib ötgan oğir atletika böyiça 2026 yilgi Jahon çempionati öz yakuniga yetdi. Unda Özbekiston terma jamoasi umumjamoa reytingida 3-örinni egalladi.
13 kun davomida dunyoning eng kuçli atletlari ğoliblik uçun bahs olib bordi. Musobaqa yakunida mamlakatlar örtasidagi medallar reytingi e’lon qilindi. Şimoliy Koreya 20 ta oltin, 8 ta kumuş va 6 ta bronza – jami 34 ta medal bilan umumjamoa hisobida birinçi örinni egalladi. Mezbon Xitoy esa 17 ta oltin, 10 ta kumuş va 6 ta bronza – jami 33 ta medal bilan ikkinçi poğonadan joy oldi.
Özbekiston va Bolgariya terma jamoalari uçinçi örinni egalladi. Har ikki mamlakat 3 tadan oltin medalni qölga kiritib, oltin medallar soni böyiça uçinçi poğonani egalladi.
Qayd etiş joiz, Özbekiston terma jamoasi a’zosi Akbar Jörayev -110 kg vazn toifasida 3 ta oltin medalni qölga kiritdi. U dast kötariş maşqida 198 kg, siltab kötarişda 234 kg, ikki kuraş yakunlariga köra esa 432 kg natija qayd etib, şohsupaning eng yuqori poğonasidan joy olgandi.
Live
Barchasi